Crown TECH - korxonamiz 2010-yilda tashkil topgan. Faoliyatimizni tekstil mahsulotlari bilan boshlagan bo'lsak bugungi kunga kelib qurilish materiallari, kanselyariya tovarlari, xo'jalik mollarini ham ishlab chiqaryapmiz. Mahsulotlarimiz dunyoning 20 dan ortiq davlatiga eksport qilinadi. 2020 - yilda 25 million $ lik mahsulot ishlab chiqardik. Bu yil esa 40 million $ lik mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilganmiz! Bu yilning birinchi choragida 10 million $ lik mahsulot ishlab chiqargan bo'lsak shuning 50% ini Yevropaga eksport qildik. Yevropada mahsulotlarimiz haridorgir bo'lib turibdi. Tez orada biznes forumda qatnashish uchun mahsulot tayyorlamoqdamiz. O'z mahsulotimiz bilan O'zbekiston nomidan qatnashib, milliy brendni shakllantiramiz. Yangiliklardan ushbu saytda xabardor bo'lib turing!